Diqqat, Braziliyadagi o‘g‘rilar endi dronlar (o‘ziuchar samolyotchalar) dan unumli foydalanishyapti!!!

0

So‘nggi bor politsiyachilar shunday dronlardan birini qo‘lga olishdi. Dron xotirasiga o‘g‘rilar guruhiga tegishli San-Paulu shahrida yashovchi boyvachchalardan birining uyi haqidagi eng kerakli ma'lumotlar joylanibdi. Ma'lum bo‘lishicha, o‘g‘rilar oldin o‘ziuchar samolyotcha ko‘magida tunalishi kerak bo‘lgan uydagi vaziyatni o‘rganisharkan. Dron ularga uy egalari qachon, qay vaqt uydan chiqadi va qay payt qaytadi, oila a'zolari, qorovullar va hokazolarning ko‘rinishi qanaqa, uyda it yo videokuzatuv bormi, qorovul qo‘yilganmi, ishqilib barcha zarur ma'lumotlarni xotirasiga kamera yordamida yozib, videoyozuvni taqdim etadi. Politsiyachilar xuddi shunday videoyozuv yordamida o‘g‘rilarning iziga tushishdi va oqibatda qo‘lga olishdi.

Rasmiy ma'lumotlarda aytiladiki, braziliyalik kissavur va qaroqchilar dronlardan 2014 yildanoq foydalana boshlashgan. Ilk hodisa San-Paulu shahrida sodir bo‘lgan. Noma'lum kimsalar shahardagi turma kamerasiga dron ko‘magida narkotik moddalar, sim kartalar, telefonlar va pullarni yetkazib bergan. Shu voqeadan so‘ng dronlardan o‘g‘irlik maqsadlarida foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlar urchib ketdi.

Mahalliy narkobaronlar ham o‘ziuchar samolyotchalardan narkotik savdosida keng foydalanadi. Masalan, 2017 yil mayida shunday narkobaronlardan biri Rio-de-Janeyroda qo‘lga olindi. U dronni raqobatchilarning savdo «tochka»larini razvedka qilishga o‘rgatibdi. Razvedka davomida samolyotcha raqobatchilar kim bilan nima haqida gaplashdi, kim narkotikka qancha buyurtma berdi, bu aslida kim, qachon uchrashishga kelishishdi… Xullas, batafsil ma'lumotni videoyozuv ko‘rinishida egasiga taqdim etgan. Ammo jinoyatchi uzoqqa bora olmadi. Uni qo‘lga olishdi.

Hukumat rahbarlari, politsiya, xavfsizlik xizmati vakillari ham anoyi emas. Shu yil iyunidan dronlarga ega fuqarolar uchun tegishli me'yorlar haqida qaror qabul qilindi. Bunga ko‘ra, dronlari 250 grammdan ortiq fuqaro maxsus sayt orqali nazoratdan o‘tadi. Sayt uni barcha ma'lumotlar bilan ro‘yxatga oladi. Albatta, o‘ziuchar samolyot ham rasmiy jihatdan ro‘yxatga olinadi.

rambler. ru

Olimjon HAYIT tayyorladi

Siz hozir hordiq.uz saytidasiz. Yangiliklardan o‘rtoqlaringizni ham xabardor qiling:

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here