Aholining gazini o'g'irlagan mansabdor qo'lga tushdi (video)

1

«O'ztransgaz» AJ filiali rahbari Baxtiyor Eshonqulov boshchiligidagi jinoiy guruh aholi uchun mo'ljallangan 265 tonna suyultirilgan gazni Samarqanddagi xususiy gaz quyish shoxobchalariga 486 million so'mga sotib yuborgan.

«O'ztransgaz» AJ Sirdaryo viloyati filiali mas'ul xodimlari mahalliy aholi uchun mo'ljallangan suyultirilgan gaz o'g'irlanishi holati ishtirokchilari ekanligi aniqlandi.

Sir emaski, davlatimizning ayrim hududlarida aholini tabiiy gaz bilan ta'minlashda ob'yektiv qiyinchiliklar mavjud. Aholi ehtiyojini qondirish maqsadida ushbu hududlarga gaz gaz ballonlarda suyultirilgan holatda yetkazib beriladi.

Sirdaryo viloyatining bir necha tumanlarida aholini gaz ballonlari bilan ta'minlashda uzilishlar bo'lgach, MXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda holatga aniqlik kiritish maqsadida tezkor tadbir o'tkazdi.

Tadbir natijasida aniqlanishicha, «Sho'rtanneftgaz» korxonasi va Muborak gazni qayta ishlash zavodidan olib kelingan 265 tonna suyultirilgan gaz aholiga imtiyozli narxlarda sotilishi lozim bo'lgan. Ammo, «O'ztransgaz» AJ filiali rahbari Baxtiyor Eshonqulov, gaz tarqatish shoxobchasi yetakchi mutaxassisi Elyor Karimov, mazkur shoxobchaning gaz quyuvchisi Jahongir Sultonov, shuningdek, viloyat gaz ta'minoti bo'yicha filial haydovchisi Erkin Bo'tayev gazni Samarqand viloyatidagi xususiy gaz quyish shoxobchalariga naqd pulga sotib yuborgan.

«O'g'irlik aholiga tarqatiladigan gaz ballonlariga kamroq gaz quyish hisobidan yopilgan. Buning barchasi Eshonqulov Baxtiyor ko'rsatmasiga binoan bajarilgan», – deya qayd eti «Mirzaobod» gaz tarqatish shoxobchasi quyuvchisi Jahongir Sultonov.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoiy ish qo'zg'atilgan.

 

Siz hozir hordiq.uz saytidasiz. Yangiliklardan o'rtoqlaringizni ham xabardor qiling:

1 TA FIKR

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here