Jurnalist viloyatlarda qo'lda sotiladigan benzin qaerdan kelishini o'rgandi (video)

0

Kuni kecha, 13 noyabr kuni «O'zbekiston» telekanalida namoyish etilgan «Axborot» tahlil va tanqid» ko'rsatuvining navbatdagi sonida viloyatlarda benzin tanqisligi holatining sabablari o'rganildi.

Viloyatlarda joylashgan AYoQShlarda «Benzin yo'q» yozuvini qistirib qo'yish odatga aylangan, deyiladi lavhada. Shahobchalarga keltirilgan yoqilg'ini esa qing'ir yo'llar bilan tashqariga chiqarilib, qo'lda qimmat narxda sotilishiga yo'l qo'yib kelinmoqda. Ba'zi viloyatlarda hatto «Benzin bozori» faoliyat yuritayotgani ham haqiqat. Jurnalist benzin tanqisligi holatini o'rganar ekan, yoqilg'ining jahon bozoridagi narxlari bilan ham tanishtirib o'tishni unutmadi. Quyidagi videoda tahlilni to'lig'icha tomosha qilishingiz mumkin.

 

Siz hozir hordiq.uz saytidasiz. Yangiliklardan o'rtoqlaringizni ham xabardor qiling:

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here