Avstraliyalik vrach bemorni og'riqsiz o'lim topishida yordam beruvchi ajal mashinasini ixtiro qildi…

0

 

Evtanaziya tarafdori va yuqori malakali vrach Filipp Nitshke gollandiyalik muhandis Aleksandr Bannik bilan o'zaro hamkorlikda «ajal mashinasi»ni ixtiro qildi. Mashina 3D printer yordamida yaratildi. Bu mashina og'ir bemor yoki o'lishni xohlovchilarga hech qanday og'riqlarsiz, juda qisqa muddatda dunyodan o'tishda yordam berarkan.

— Mashina «Sarco» deb nomlangan kapsuladan iborat, — deydi vrach. — Ichiga suyuq azot joylangan kanistrlar bor. Bemor kapsula ichiga yotishi bilan qopqoq avtomat tarzda yopiladi. Suyuq azot esa kapsula ichkarisiga quyila boshladi. Shu asnoda kislorodni kamaytirib boradi. Oradan uzog'i bilan 5 daqiqa o'tib-o'tmay, bemor og'riqlarsiz, kislorod yetishmasligi oqibatida olamdan o'tadi. Agar xohlasa, o'limidan oldin shu kapsula bilan birga dafn etishlarini vasiyat qilishi ham mumkin. Basharti u so'nggi daqiqalarda yashashni xohlab qolsa, ya'ni, o'lish niyatidan kechsa, shundoq yonginasida maxsus «shovqin» tugmachasi bor. Tugmachani bossa, kapsula darichasi ochiladi-yu, ichkariga kislorod kirib keladi va bemor yashab qoladi…

Bu mashina qanchalar foydali ekanini bilmadik-u, ammo ajal mashinasining yaratilishi vahshiylik belgilaridan biri ekaniga to'liq amin bo'ldik. Negaki, xudo suygan, uning nazari tushgan bandalar hech kimga, hatto og'ir bemorga ham o'lim tilamaydi. Aksincha, unga shifo so'rab yolvoradi.

Na iloj, bu ham yevropaliklarning hissizligi, jallodlikka moyillik belgilaridan biri bo'lsa ajab emas.

life. ru

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo'shiling, afsuslanmaysiz!

t.me/olimjonhayit

Siz hozir hordiq.uz saytidasiz. Yangiliklardan o'rtoqlaringizni ham xabardor qiling:

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here