Bemor ayol ko'richak bo'lgan deb o'ylashgandi. Aslida uning ichki a'zolari bir-biriga yopishib, sement kabi qotib qolgan ekan…

0

 

Birmingemda yashovchi 32 yoshli Daniel Kettluell 2013 yili ilk bor qorin qismida og'riq paydo bo'lishi natijasida kasalxonaga kelgandi. Vrachlar uni ko'richak deb o'ylashgan va jarrohlik amaliyoti o'tkazilgan. Aslida esa bemor tibbiyotda juda kam uchraydigan endometrioz va adgeziya xastaligiga yo'liqqan ekan. Ya'ni, ichki a'zolari juda katta tezlikda o'sishi natijasida bir-biriga yopishib qolgan. Shu qadar qattiq yopishganki, xuddi sementga aylangan.

Ana o'shandan beri ayol 15 martaba jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazdi. Foydasi bo'lmayapti. Hech bir mutaxassis, vrach xastalikni davolay olmayapti. Doimiy kuchli og'riqlar tufayli u 30 daqiqadan ortiq tashqarida yura olmaydi. Chunki og'riqlar saratonga uchragan odamdagidan ham beshbattar kuchliroq.

— Men xastalik tufayli eng yaqin do'stlarimdan ham ayrildim, — deydi Daniel Kettluell. — Chunki xonadan tashqariga chiqib bemalol yura olmayman. Kutilmaganda og'riqlar boshlanadi-yu, yorug' dunyo ko'zimga tor ko'rina boshlaydi. Yaxshiki, baxtimga onam va singlim bor ekan. Ulargina injiqliklarimga, baqir-chaqirlarimga chidab menga qarashyapti.

Biz ham bu bemor ayolga xudodan shifo tilagan bo'lardik. Hech kimni bunday azoblarga asir qilmasin!

Mirror

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo'shiling, afsuslanmaysiz!

t.me/olimjonhayit

Siz hozir hordiq.uz saytidasiz. Yangiliklardan o'rtoqlaringizni ham xabardor qiling:

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here