Putin yana prezidentlikka nomzodini qo'yishi haqida Gorbachyov nima deydi?

0

Vladimir Putin Prezident saylovida o'z nomzodini qo'yishi haqida xabar tarqalgandan so'ng, bu keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo'lmoqda.

Jumladan, sobiq ittifoqning birinchi prezidenti – 86 yoshli Mixail Sergeevich Gorbachyov amaldagi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning navbatdagi prezidentlik saylovida ham o'z nomzodini ilgari surishi haqidagi so'zlariga o'z munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda qalampir.uz xorij matbuotiga asoslanib.

“Putin bu  — sardor, u xalqning qo'llab-quvvatlashiga arziydigan inson, buni alohida e'tiborga olishingizni so'rayman, – dedi Gorbachyov. – Bizda hozir shunday davrki, Rossiyada hozir “shoshmaslik kerak” shiori bo'lishi lozim”, – deb qo'shimcha qildi u.

Eslatib o'tamiz, kecha 6 dekabr kuni Nijniy Novgorod shahrida, GAZ avtomobil zavodi ishchilari bilan bo'lgan uchrashuvda Vladimir Putin Rossiyada bo'lib o'tadigan navbatdagi prezidentlik saylovida o'z nomzodini qo'yish to'g'risidagi qarorini e'lon qilgan edi.

Facebook'dagi sahifamizda yangiliklarni kuzatish yanada qulay!

Marhamat! A'zo bo'lish uchun "Nravitsya stranitsa" tugmasini bosing:

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here