«Qorishtirgich». Erdo'g'an Trampning qarori bo'yicha bayonot berdi

0

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'on AQSh yetakchisi Donald Trampning al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishi bo'yicha qarorini qoraladi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti»ga asoslanib kun.uz.

Uning fikriga ko'ra, AQSh «BMTning al-Quds bo'yicha 1980 yilgi qarorini toptadi, uni hali hech kim buzmagandi».

«Tramp bu qaror bilan nima demoqchi bo'layotganini tushunish imkonsiz. U hozirda qorishtirgich rolini o'ynamoqda, butun mintaqada alg'ov-dalg'ovlik keltirib chiqardi. Al-Quds – bu musulmonlar, xristianlar, yahudiylar uchun muqaddas joy. Ayniqsa, bu mintaqa uchun shunday qadam – yonib turgan gugurtdek ta'sir ko'rsatadi», – deya ta'kidlab o'tdi Turkiya yetakchisi.

Shuningdek, Erdo'g'onning ta'kidlashicha, siyosiy yetakchilar «mojarolarni keskinlashtirmasligi, balki tinchlikni o'rnatishi lozim».

«Agarda Tramp o'zini shunday kuchli, to'g'ri deb hisoblasa, adashadi. Kuchli – to'g'ri degani emas», – deya xulosa qildi Turkiya prezidenti.

Avvalroq Donald Tramp al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishini ma'lum qildi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Trampga «jasur va adolatli» qaror uchun minnatdorlik bildirdi. O'z navbatida, Falastin yetakchisi Mahmud Abbos Trampning qarorini Yaqin Sharqdagi tinch jarayonda Amerika ishtirokining yakuni deb atadi.

Siz hozir hordiq.uz saytidasiz. Yangiliklardan o'rtoqlaringizni ham xabardor qiling:

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here