Rossiyada Prezident saylovi yaqin: Putin qarorini e'lon qildi!

0

Kecha, 6 dekabr kuni Nijniy Novgorod shahrida, GAZ avtomobil zavodi ishchilari bilan bo'lgan uchrashuvda Vladimir Putin Rossiyada bo'lib o'tadigan navbatdagi prezidentlik saylovida o'z nomzodini qo'yish to'g'risidagi qarorini e'lon qildi. Bu haqda qalampir.uz Rossiya OAVga tayanib xabar berdi.

Vladimir Putin Rossiya prezidentligiga o'z nomzodini qo'yishi to'g'risidagi savolga “Ha, men Rossiya Federatsiyasi prezidentligiga bo'ladigan saylovda o'z nomzodimni qo'yaman”, deb javob bergan. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga qizg'in qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirgan.

Putinning hozirgi prezidentlik vakolati muddati 2018 yil 7 mayda o'z nihoyasiga yetadi. 2018 yilda bo'lib o'tadigan saylovdagi ishtiroki Putin uchun to'rtinchisi hisoblanadi. Agar u saylovda g'alaba qozonadigan bo'lsa, 2018 yildan 2024 yilgacha Rossiya Federatsiyasi Prezidenti sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Siz hozir hordiq.uz saytidasiz. Yangiliklardan o'rtoqlaringizni ham xabardor qiling:

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here