“Ko‘sem”: O‘lim ortidan o‘lim. Fasl yakuni tafsilotlari

0

“Ko‘sem” teleserialining birinchi fasli tugashiga ham oz fursat qoldi. Quyida voqealar rivojini  e’tiboringizga havola etamiz.

Zulfiqorni yanachar askarlar o‘ldiradilar. Halima Mustafoni yanacharlar qarorgohidan olib ketadi. Mustafoning telbaligini bilgan askarlarning g‘azabi qaynaydi.

Ular Mustafoni taxtga o‘tkazganlari bilan Usmonning o‘limiga rozi emasliklarini aytishadi. Halima va Dovud Usmonni o‘ldirishga harakat qiladilar. Ammo unga sodiq askarlar buning oldini oladilar.

Farzandlarini o‘ldi deb o‘ylagan Ko‘semga Bulbul og‘a xushxabar yetkazadi. Xumoshoh Oqilani qochirib yuborayotganida Halimaning xizmatkorlari uning shahzodasini olib ketadilar va o‘ldiradilar.

Usmonni esa “Edikule” minorasining zindoniga qamaydilar va o‘sha yerda o‘ldiradilar. Dovud poshsho uning bir qulog‘ini kesib oladi. Askarlar podshoxni o‘ldirgan Dovudni topshirishlarini talab qiladi va Halima Dovudni ularga berib yuboradi. Xumoshoh Misrga qaytadi.

Ko‘sem barcha uchun qasd oladi. Dovudni “Edikule” minorasi zindoniga olib tushib, Usmonni o‘ldirishda ishlatilgan arqon bilan qiynab, bo‘g‘ib o‘ldiradi. O‘limidan oldin uning bir qulog‘ini kesib oladilar. Usmonga qarshi chiqqan barcha askarlar ham qatl etiladilar. Ko‘sem odamlariga Dilraboni, Halimani, Umarni ham o‘ldirishga buyuruq beradi. Taxtga o‘z o‘g‘li Murodni o‘zinining noyibligi ostida o‘tqazadi.

Manba: Opa.uz

Facebook'даги саҳифамизда янгиликларни кузатиш янада қулай!

Марҳамат! Аъзо бўлиш учун "Нравится страница" тугмасини босинг: