Internet orqali “SMS-xabarnoma” xizmatini ulash xavfliligi aytilmoqda

0

Internet orqali “SMS-xabarnoma” xizmatini  ulash xavflidir. Biroq, taklif qilinayotgan usullari, ya'ni  infokiosk yoki bankomat orqali ulanish  har tomonlama xavfsiz deb e'tirof qilingan.

Sababi, infokiosk orqali ushbu xizmatni ulash vaqtida apparat kartangizni qabul qilayotganda plastik kartangiz qo'lingizda ekanligi tasdiqlanadi. Bankda ham ushbu xavsizlik tizimi joriy qilingan bo'lib, bank xodimi  karta egasi ishtirokida xavfsiz ravishda kartangizni ushbu xizmatga ulab quyadi.

Xafsiz qaror: “SMS-xabarnoma” xizmatini faqat bank yoki infokiosk orqali ulash!

“SMS-xabarnoma” xizmati karta egasiga barcha kirimlar, joriy balans va to'lov operatsiyalar, jumladan, amalga oshirilgan to'lovlar borasidagi ma'lumotga tezkorlikda ega bo'lish imkonini yaratadi.

Xabarda internet orqali ushbu xizmatga ulanish karta egasiga qanday xavf tug'dirishi izohlanmagan.