O'ylab ko'rdingizmi? 2018 yil 14 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?..

0

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun ijod kishilarining kuni desak mubolag'a bo'lmaydi. Aynan ular erta tongdan ilhom parilari qurshovida qolishlari kutilmoqda. Tadbirkorlar ham bugundan mo'may daromad umid qilsalar bo'ladi. Oila qurmaganlar romantik uchrashuvlarni boshdan kechirishadi. Ochig'i, yana qancha vaqt romantik uchrashuv kutib yashamoqchisiz? To'y qiladigan, oila davrasida uyquga ketib, oila davrasida uyg'onish vaqti yetmadimikan? Nima bo'lmasin, tanlaganingiz o'zingiz kabi ochiqko'ngil, halol va haqiqiy insonlarga xos barcha fazilatlarga ega bo'lishini istab qolamiz.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

14 fevral kuni birinchi navbatda ilgari pisand qilinmagan ishlarni bajarishingizga to'g'ri keladi. Ba'zilar katta bir firmaga yetakchilikdek ajoyib martabaga ega bo'lishlari ham ehtimoldan xoli emas. Kun davomida yangi tanishuvlarni boshdan kechirasiz. Bu uchrashuvlar sizda bir-biridan yoqimli taassurotlar uyg'otishi aniq. Kechki payt sizni ommaviy tadbirga taklif etishlari mumkin. Tadbirda albatta ishtirok qiling. U sizga qo'shimcha kuch va shijoat beradi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

14 fevralda hali hech kimga ma'lum bo'lmagan qirralaringiz oshkor bo'lish ehtimoli bor. Lekin xavotirga tushmang. Bu qirralar barchani sizga havas bilan boqishga majbur etadi. Hamkasblar ham atrofingizda girdikapalak bo'lishlari tayin. Muhabbatga, baxtga loyiqsiz. U qalbingizga, hayotingizga kirib kelish arafasida turibdi. Kechqurun sportning faol turlari bilan shug'ullaning. Salomatligingizni tashqi xavflardan himoya eting.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun yangi insonlar bilan tanishuvlar kutadi. Ular sizga bir-biridan yoqimli lahzalarni hadya etadi. Xayolot olamidan uzoqroq bo'ling. Xayolotlar sizni faqat boshi berk ko'chagagina olib kiradi. Reallikka intiling, kam bo'lmaysiz. San'at, siyosat va adabiyot bilan bandlar o'zlari istagan muvaffaqiyatlarga egalik qilishadi. Moliyaviy masala kechki payt sizning foydangizga hal bo'lishi kutilmoqda. Lekin tejamkorlikka amal qiling. Tejamkorlik hech qachon ziyon keltirmaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

14 fevralda yaqin kishilaringiz bilan orangizda muammolar yuzaga kelish ehtimoli bor. Aslida bu muammolar kelib chiqishiga o'zingiz sababchi bo'lasiz. Yaqin qondoshlarni ranjitish kerak emas. Ularga muloyim munosabatda bo'lish lozimligini anglab yeting. Bu yaxshilikka, xotirjamlikka, hayotga bo'lgan mehringizni yuz chandon oshiradi. Tadbirkorlar bugun xorij safariga otlanishlari, uyoqda foydali shartnoma imzolashlari kutiladi. Meros masalasidagi amallar ham bugun omad keltiradi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Kuningiz yorqin hamda qiziqarli sahifalar, hodisalarga boy bo'ladi. Bugun yolg'izlikdan azob chekmaysiz. Tadbirkor bo'lsangiz, raqobatchilar qarshisida qanchalar katta kuchga, salohiyatga ega ekaningiz aniq ko'rinib qoladi. Bundan ham kayfiyatingiz ko'tariladi. Ekzotik taomlar iste'molidan voz keching. Bu salomatligingizga putur yetkazishi mumkin. Kechqurun surunkali xastalikka yo'liqqanlar salomatliklarini yana bir bor ko'zdan o'tkazib olsalar zarar qilmaydi. Yaqin qondoshlarni aslo ranjita ko'rmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

14 fevral kuni ijodkorlar, oshpazlar va quruvchilarning omadi kulishi kutiladi. Hayotingiz bir dunyo ijobiy natijalarni qo'lingizga tutqazgan holda daf'atan tub burilish sodir etadi. Ba'zilar arzirli sabablarga ko'ra sevgan kishisi bilan munosabatlarga nuqta qo'yishi mumkin. Munosabat yuritishda davom etayotganlar esa juftini, tanlaganini, bo'lg'usi baxtini juda qadrlashi kerak bo'ladi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Kuningiz unumli kechishi kutiladi. Do'stlaringiz, hamkorlaringiz, tarafdorlaringiz safi yanada kengayadi. Bu, shubhasiz, shaxsiy hayotingiz va ishingizga sezilarli ta'sir ko'rsatmay qolmaydi albatta. Tadbirkorlar xorij firmalari bilan hamkorlikni boshlashi mumkin. Kun davomida sizga qo'ng'iroqlar ko'p bo'ladi. Do'stlar bilan muloqot sizga xush kayfiyat baxsh etadi. Kechqurun esa sizni kimdir mehmonga taklif etishi ehtimolga yaqin. Agar zararli odatlarni tashlash niyatingiz bo'lsa, bugundan qoldirmang.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

14 fevral kuni sizga qiziqarli, asosiysi, serdaromad ish taklif etishlari kutilmoqda. Bu ishga bajonidil rozilik bildirasiz. Faqat rozilik bildirishdan oldin tarozi pallasining har ikki tarafini sinchiklab nazoratdan o'tkazing. Bugun o'tganlar haqiga duolar o'qish, nikohdan o'tish, ikki yoshni unashtirish amallari xayrli kechadi. Kechqurun ovqatlanish me'yorlariga qat'iy amal qilgan holda ish tuting. Qay ishga qo'l urmang, ijodiy yondashishni unutmang. Moliyaviy jihatdan bugun muammongiz bo'lmaydi.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Bugun sizning kuningiz. Har qanday ko'rinishdagi murakkab vazifalarni ham sira qiynalmasdan ado etishingiz uchun imkoniyat bir talay. Kimlardandir qarzingiz bo'lsa, ularni ham bugun uzasiz. Hasadgo'ylar bilan munosabatlarda ularning tilini tiya olishingiz, ayniqsa, atrofdagilarni hayratga solishi tayin. Kechqurun yaqin qondoshlardan biri sizga kutilmagan sovg'a hadya etishni mo'ljallayapti. Oilasizlar kechqurun sodir bo'lishi mumkin bo'lgan romantik uchrashuvdan voz kechganlari ma'qul.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

14 fevral kuni atrofdagilar bilan munosabatda me'yorga amal qilishingiz quvonarli. Shu narsa tarafdorlaringiz ko'payishiga sabab bo'lishi mumkin. Moliyaviy masalada hisobni aniq oling. Har bir qulay vaziyatni ko'zdan qochirmasdan harakatlar sodir eting. Kechqurun obro'li, puldor bir inson bilan tanishishingiz kutiladi. Esda tuting, u sizga kelgusida har taraflama yordam berishi mumkin. Imkoniyatni qo'ldan bermang. Sog'liqni asrang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Yaqin insoningiz haqida kunning birinchi yarmida juda yoqimli ta'riflarni eshitishingiz kutiladi. Lekin emotsiyani jilovda ushlay biling. Uning ta'sirida noto'g'ri qadamlar tashlab qo'yishingiz hech gap emas. Kechqurun zerikishga vaqtingiz bo'lmaydi. Yaqin do'stlardan biri sizga keragidan ortiq xursandchiliklar hadya etadi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

O. HAYIT tayyorladi

Facebook'dagi sahifamizda yangiliklarni kuzatish yanada qulay!

Marhamat! A'zo bo'lish uchun "Nravitsya stranitsa" tugmasini bosing: