Toshkent shahri va viloyatidagi pasport tizimi va propiska masalalari bo'yicha qarorlar loyihasi tayyorlandi

0

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan qabul qilingan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida Toshkent shahri va viloyatida propiska bilan bog'liq yangicha yondashuvlarni amalga tatbiq etish belgilangan edi.

Shundan kelib chiqib Adliya vazirligi tomonidan qarorlar loyihalarida ko'pchilikni o'ylantirayotgan masalalarga e'tibor qaratilgan.

Loyihalarda, xususan:

– pasport olish, ta'lim olish, mehnat qilish va boshqa huquqlarni amalga oshirishda propiska bilan bog'liq cheklovlarni bartaraf qilish;

– doimiy yoki vaqtincha propiskasiz (yashash joyi bo'yicha hisobga turmagan) fuqarolarni ishga qabul qilishni rad etish bilan bog'liq amaliyotga barham berish;

– voyaga yetmagan shaxsning belgilangan muddatda pasport olmaganligi uchun ma'muriy javobgarlikni bekor qilish;

– mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganlik uchun ish beruvchining ma'muriy javobgarligini bekor qilish;

– mavsumiy ishlarga (qurilish, qishloq xo'jaligi va boshqa sohalarda) jalb qilinganlarni vaqtinchalik ro'yxatga olish tizimini soddalashtirish, ular uchun uy-joy ijarasi, uy-joydan tekin foydalanish bitimini tuzish talabini bekor qilish;

– Toshkent shahri va viloyatida  doimiy propiskaga ega bo'lgan fuqarolar uchun ko'chmas mulk sotib olish bo'yicha amaldagi talablarni soddalashtirish;

– Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bo'lmagan fuqarolar uchun asossiz spekulyatsiyaning oldini olish choralarini ko'rgan holda ikkilamchi bozordan ko'chmas mulk sotib olishga bo'lgan cheklovlarni bekor qilish;

– ichki turizmni rivojlantirish maqsadida vaqtincha propiskasiz (yashash joyi bo'yicha hisobga turmasdan) bo'lish muddatini uzaytirish;

– vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo'yicha hisobda turmasdan yashaganlik, yashashga yo'l qo'yganlik uchun ma'muriy jazo choralarini yengillashtirish nazarda tutilgan, deya xabar berdi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali

 

manba: qalampir.uz

Siz hozir hordiq.uz saytidasiz. Yangiliklardan o'rtoqlaringizni ham xabardor qiling:

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here