Yana bir bankdan “Avtokredit”. Bunisida foizlar avvalgilaridan biroz past

0

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida, qulay va oson shartlar asosida “Avtokredit” turini taqdim etadi.

Kredit 3 yil muddatga yillik 22-24 foiz.

Kredit 3 (uch) yildan oshmagan muddatga kreditni so'ndirish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi

Avtomobil qiymatidan qarzdorning/mijozning o'z mablag'i chegirilgandan so'ng qolgan qismiga qarzdor/mijoz uchun kredit rasmiylashtiriladi.

Kredit hujjatlarini rasmiylashtirish uchun undiriladigan bir martalik bank vositachilik haqi Bank tariflariga muvofiq belgilanadi”

Ikkilamchi bozordan sotib olinayotgan avtomobil, uning texnik pasportida ko'rsatilgan ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab, 3 yildan ortiq ekspluatatsiya qilinmagan bo'lishi lozim.

Qarzdor/mijoz avtomobilni ikkilamchi bozordan kreditga sotib olayotganda, kredit ta'minoti sifatida sotib olayotgan avtomobil o'rniga Bankni qoniqtiradigan boshqa ta'minot yoki uchinchi shaxs kafilligini taqdim etsa, avtomobilning texnik pasportida ko'rsatilgan ishlab chiqarish sanasidan boshlab 5 yildan ortiq ekspluatatsiya qilinmagan avtomobil sotib olinishiga yo'l qo'yiladi.

“Avtokredit”ni olish uchun quyidagi filiallariga murojaat qilish mumkin.