Olimlar odamlarning Mars sayyorasiga sayohati davomidagi yagona xavfni aniqlashdi…

0

 

Rossiya fanlar akademiyasi hamda NASA olimlari o'zaro hamkorlikda qizil sayyoraga qilinadigan parvoz, sayohat qanday ko'ngilsizlik hadya etishini aniqlashdi. Ularning xulosalariga ko'ra, Marsga sayohat qilish jarayonida sayyohlarga hali ko'pchilik idrok eta olmaydigan radiatsiya o'lim baxsh etadi.

— Hali Mars haqida gapirmay turib, — dedi rossiyalik mutaxassislardan biri Anatoliy Petrukovich. — Biz birinchi bo'lib fazoda old-ketiga qaramay uchib yuradigan o'ta zaharli nurlarga ro'baro' bo'lamiz. Agar biz o'tirgan raketa yoki samolyot, fazo kemasi o'sha nurlardan yetarlicha himoyalangan bo'lsa, baxtimiz. Nurlar samolyotimizga kelib urilgach, o'z-o'zidan parchalanib ketadi. Lekin himoya vositasi yetarlicha qudratga ega bo'lmasa, Marsga yetish tugul, orbitasiga ham yaqin bora olmaymiz. Barchamiz nurlar kasriga qolib o'lib ketamiz…

Life.ru