17 aprel kuni yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'ladi

0

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17 aprel kuni Toshkentda havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'ladi. G'arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-11, kunduzi 13-15 daraja iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg'ir yog'adi, kunduzi yog'ingarchilik bo'lmaydi. G'arbdan esayotgan shamol o'z yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 12-17 daraja, Ustyurtda kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomg'ir yog'adi, kunduzi yog'ingarchilik bo'lmaydi. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 13-18 daraja iliq bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo'ladi.

Respublikamizning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi, baland tog'li joylarda yomg'ir qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining 2100 metrdan baland hududlarida qor ko'chishi xavfi bor. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo'ladi.

Facebook'dagi sahifamizda yangiliklarni kuzatish yanada qulay!

Marhamat! A'zo bo'lish uchun "Nravitsya stranitsa" tugmasini bosing:

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here