Afg'onistondagi «Tolibon» jangari kallakesarlar guruhi a'zolari prezidentlik saylovlarida ishtirok etishdan bosh tortdi…

0

 

 

Yaqinda Afg'oniston prezidenti Ashraf G'ani dunyoda faoliyati taqiqlangan «Tolibon» jangarilar guruhi a'zolariga rasman murojaat etib, tinchlik bitimi imzolash hamda navbatdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishni taklif qilgandi. Ammo jangarilar bu taklifni qat'iyan rad etdi. Ularning aytishicha, Afg'onistondagi prezidentlik va parlament saylovlari faqat ko'zbo'yamachilikdangina iborat. Mamlakat rahbari esa allaqachon Amerika tarafidan tanlab qo'yilgan. Shuning uchun ular saylovlarda qatnashib, tinchlik saqlashdan ko'ra terror harakatlari sodir etishni ma'qul ko'radi.

Bundan tashqari, «Tolibon»chilar mamlakat aholisiga prezidentlik saylovlarida ishtirok etishdan ko'ra birgalikda Afg'onistondagi xorij qurolli kuchlariga qarshi kurashda faol ishtirok etishni taklif etdi.

Eslatib o'tamiz, saylovlar Afg'onistonda 2018 yil oktyabr oyida bo'lib o'tadi. Ayni kunda saylovchilarni ro'yxatga olish amali boshlab yuborilgan.

Khaama Press

Facebook'dagi sahifamizda yangiliklarni kuzatish yanada qulay!

Marhamat! A'zo bo'lish uchun "Nravitsya stranitsa" tugmasini bosing: