Armaniston poytaxtida kecha boshlangan norozilik aksiyalari haqiqiy tartibsizlik va to'qnashuvlarga aylandi…

0

 

 

Bugun Armaniston poytaxti Yerevan shahrida muxolifatchi partiyalar tarafdorlari sobiq prezident Serj Sargsyanning bosh vazir lavozimiga tayinlanishiga qarshi boshlangan norozilik aksiyalarini rosmana muщtlashuv hamda to'qnashuvlarga aylantirib yuborishdi. Ular bosh vazirni ochiq saylovlar orqali saylashni talab qilishmoqda.

Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, aksiyada ishtirok etayotgan talabalar va politsiya o'rtasida jiddiy to'qnashuvlar yuzaga kelgan. Bundan tashqari, asosiy yo'llar berkitib qo'yilgani uchun avtomobillar haydovchilari ham aksiya ishtirokchilari bilan to'qnash kelishga majbur bo'lishdi.

Aksiya qatnashchilari deputat Yelk Nikola Pashinyan yetagida Yerevandagi tibbiyot kollejiga bostirib kirib, kollej o'quvchilarini ham aksiyada faol ishtirok etishga majbur etgan.

Bundan tashqari, ular poytaxtdagi pedagogika universitetiga kirib borib barchani namoyishlarga qo'shilishga chaqirgan.

Pashinyan yetagidagi olomon Yeritasardakan metro bekatini ham to'sib olishga uringan, poezdlar jo'nab ketishiga yo'l bermagan. Politsiyachilar ularni arang ko'ndirib tashqariga olib chiqqan.

Eslatib o'tamiz, 2018 yil 2 martida Armaniston prezidentligiga respublikachilar partiyasi vakili Armen Sarkisyan saylangan. Aynan u partiyadoshi, hamkori va do'sti Serj Sargsyanni bosh vazir lavozimida ko'rishni xohladi. Baxtga qarshi bu arman xalqining g'azabga kelishiiga sabab bo'ldi.

«Novosti Armenii»

Facebook'dagi sahifamizda yangiliklarni kuzatish yanada qulay!

Marhamat! A'zo bo'lish uchun "Nravitsya stranitsa" tugmasini bosing: