Ozoda Nursaidova tarqalgan videolari va eri haqida nihoyat ochiq gapirdi (+Video)

4

Juda ko'p muxlislarga ega xonanda Ozoda Nursaidova ma'lum vaqt ko'rinmay qolganidan xabaringiz bor. E'tiboringizga havola etilayotgan suhbatda Ozoda Nursaidova juda ko'p savollarga javob bergan.

Xonanda shuncha payt davomida bo'sh o'tirmagani, zerikishga vaqti bo'lmaganini aytdi.

Jurnalistning “Turmushga chiqqanmisiz?” degan savoliga esa Ozoda Nursaidova gapni aylantirishga harakat qildi. Lekin bugungi kunda yaqin insoni borligini ham yashirmadi.

Tarqalgan videolari xususida esa xonanda: “Kayfiyatim yaxshi bo'lsa, maza qilib o'ynayman. O'sha Xorazm to'yidagi mavzu necha yillardan buyon haligacha yopilmadi. Hatto onam ham o'sha videodan so'ng qand kasalini orttirib olgan. Oilamiz bir hafta ichida nimalarni ko'rmadi deysiz, aynan o'sha videodan keyin. Mayli, men indamayman!” deya fikr bildirgan.

Bundan tashqari, Ozoda Nursaidova san'at olamidan ketishiga sababchi deb bir mashhur xonanda bilan bo'lgan voqeani ham aytib o'tdi. Taxminlarga ko'ra, aynan o'sha ayol xonanda Ozoda Nursaidova bilan raqobatlasha oladigan darajada mashhur…

Facebook'dagi sahifamizda yangiliklarni kuzatish yanada qulay!

Marhamat! A'zo bo'lish uchun "Nravitsya stranitsa" tugmasini bosing:

4 FIKRLAR

  1. Oilamiz bilan Ozoda Nursaidovani ashaddiy muxkisimiz. Yoshim ellikdan oshganligi sababli meni o`zimga ko`proq Nasiba Abdullayeva, Munojat Yo`lchiyeva, Zamira Suyunova kabi san’atkorlarni tinglash yo`qadi, lekin Ozoda Nursaidovaning ovozidagi nolalari, qo`shiqlarining ko`ngilga yaqin ekanligi meni o`ziga tortadi. Turli mish-mishlar tarqalsada bizning oilamiz doimo uning muxlisi bo`lib qolgan. Kimlar kelib, kimlar ketmaydi bu san’at sohasiga, lekin biz Ozodaxonni televideniyaga qaytishini juda ham istardik.

  2. Ozoda Nursaidova chindan xam BETAKROR KATTA OVOZ soxibasi.Bunday ovozlar juda kam uchraydi.Chunki go'zal nafas zamirida juda katta mexnat va izlanish yotibdi.Shaxsan menga xam Xorazmdagi raqsi yoqmagan.Lekin shuning uchun ,,qatog'on»qilib yuborilishini noto'g'ri deb xisoblayman.Chunki Ozodadan keyin qancha-qancha ,,yulduz»chalari raqslarini xam,kiyinish ,,odob»larini xam ko'rib kelayapmiz.Saxna barchaga barobar bo'lishi shart.Saxna kimlarnidir o'zaro adovatlarini xal qiladigan,o'ch oladigan maydonga aylanmasin.Ozoda Nursaidovani katta saxnaga qaytarish kerak va ShART!
    Toki uni go'zal,o'ziga xos nafasidan barcha muxlislari baxra olsinlar.Unga Alloxdan sog'lik,oilaviy baxt va ijodida zafarlar tilayman!

  3. Xorazm vokiyalarida Ozodaning aybi diyarli yuk, u tanti muxlislar talabiga buysungan, tuy ahlining xarakatlari uchun san'atkorning jazolash kerak emas. Kolaversa shu kichik xato uchun sahnadan kuvish adolatli emas, xalqimiz o'z hukmini aytib buldi, kechirish kerakmi, kechirdi, Ozoda Sayidzodaning xatosi oldida qilgan ishlarining salmog'i yuqori, Bizga uning san'ati kerak, shaxsan men uning ijodini hamma vaqt kuzatib kelganman, va muxlisiga aylanganman. Ayrim san'atkorlarga muxlislik kildim, ammo ma'lum vakt utgandan sung ularni o'z-o'zidan yoqtirmay qoldim, chunki ularning o'zi hurmatlarini yo'qotib borishdi. Ozoda esa qo'shiqdan qo'shiqqa o'sdi, tinmay mehnat qilib el ardog'iga, muxlislar muhabbatiga sazovor bo'ldi. Agar muhtasham Xalqlar do'stligi sarayida konsert bersa bir oy davomida muxlislar keti o'zilmasligi aniq. Ozodani juda sog'inganmiz!

Comments are closed.