Umidaxonning nikoh to'yi!

0

Xabaringiz bor, xonanda Umidaxon va shou-biznes vakili Jamshidning fotiha marosimi bo'lib o'tgan edi…

Kuni kecha, 15 may kuni bu ikki qalb egalarining nikoh to'yi bo'lib o'tdi. Poytaxt to'yxonalarining birida bo'lgan Jamshidbek va Umidaxonlarning to'yi to'g'risida Darakchi nashri ma'lum qildi.

Internet tarmoqlarida to'y oldi tayyorgarliklaridan quyidagi qiziqarli suratlar joylashtirildi.

Umidaxoning xonadonida to'yga taraddud…

Baxtli yoshlarning nikoh uzuklari…

Eslatib o'tamiz, xonandaning turmush o'rtog'i Jamshidbek Manzuraning sobiq ma'muri, hozir esa Nilufar Usmonova, Jasur Umirov bilan hamkorlik qilib kelayapti.

Kuyov to'ra shou-biznesda nafaqat professional, balki samimiy va chiroyli odobi bilan ham hurmatga sazovor bo'lgan.