Erdo'g'an tarix AQSh va Isroilni kechirmasligini aytdi

1

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni falastinliklarga qarshi aparteid (irqiy ajratish, tahqirlash va jabrlash) siyosatini yurgazish va jinoyatlar sodir etishda aybladi.

“Netanyaxu BMT rezolyutsiyalarini 60 yil buzgan holda himoyasiz odamlar yerlarini egallab kelayotgan aparteid davlat bosh vaziri. Uning qo'llarida falastinliklar qoni bor va u Turkiyaga hujum qilib jinoyatlarini yashira olmaydi. Insoniylikni o'rganishni istaysizmi? O'n amrni o'qing”, deb yozganErdo'g'an tvitterda.

Netanyaxu bunga javoban Erdo'g'anni Isroilga “va'zxonlik qila olishi mumkin bo'lganlardan” eng oxirgisi deb atadi. Uning aytishicha, Erdo'g'an shimoliy Kipr okkupatsiyasini qo'llab-quvvatlashga va Suriyaga bostirib kirishga minglab askarlarni jo'natadi. Netanyaxuning ta'kidlashicha, “qo'lida sanoqsiz kurd qurbonlari qoni bo'lgan” odam hech kimni harbiy etikaga o'rgata olmaydi.

Shuningdek, Erdo'g'an Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan Londondagi matbuot anjumanda “Tarix AQSh va Isroilni kechirmaydi. Biz buning guvohi bo'lamiz”, deb aytgan.

Erdo'g'an, shuningdek, Islom hamkorlik tashkilotining Falastindagi vaziyat bo'yicha favqulodda sammiti butun dunyo uchun jiddiy ogohlantirish bo'lishini aytgan.

Turkiya yetakchisi xalqaro hamjamiyat va BMTning zudlik bilan harakatlarga o'tib, Falastindagi zo'ravonlikka chek qo'yishga chaqirgan.

Erdo'g'an AQSh elchixonasining Al-Qudsga ko'chirilishiga to'xtalib, Vashington bu qadam bilan Arab-Isroil ixtilofining tarafdori ekanini ko'rsatdi, deb aytgan.

“Bizga AQShning elchixonasini Al-Qudsga ko'chirish va Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e'lon qilish tashabbusi noma'quldir. AQShning ongsiz siyosati Isroilni okkupatsiya va zo'ravonlikni yanada kuchaytirishga ilhomlantirdi. Bunday siyosat oqibati 60 falastinlikning o'limi, 2500 dan ko'prog'ining yaralanishi bo'ldi, ulardan ko'pi og'ir ahvolda”, deb aytgan Erdo'g'an.

Facebook'dagi sahifamizda yangiliklarni kuzatish yanada qulay!

Marhamat! A'zo bo'lish uchun "Nravitsya stranitsa" tugmasini bosing:

1 TA FIKR

  1. Bu iflos AQSH hamma joyga tumshuqini tiqaverdida,bularni tepasida AQSHdagi yahudiylar turibdi aniq,hamma aqsh prezidentlarini shular boshqaradi …

Comments are closed.