Issiq kunlar uchun qulupnay va suli yormasidan tayyorlanilgan smuzi

0

Ertalab nonushtaga mazali yegulik tayyorlash uchun ko'pincha yetarli vaqt topmaymiz. Aynan shu sabab ham, juda tez tayyorlaniladigan, ham mazali ham foydali smuzi retseptini siz azizlarga taqdim qilamiz.

Suli parchalari qo'shib tayyorlanilgan bo'tqalarni yoqtirmaydigan bolajonlarga albatta shu ichimlikdan tayyorlab bering.

Tayyorlaniladigan ichimlikka taxminan 6 000 so'm sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina mal qiladi.

Qulupnayni yaxshilab yuvib, ozroq sovuq suvga ivitib qo'yamiz.

Dumchasini olib tashlab, o'zini blender idishiga solamiz.

So'ng blenderga 5 osh qoshiq suli yormasini solamiz.

Blenderga kefir va aslani solib, hammasini birga ezamiz.

Agar hosil bo'lgan massa juda quyuq chiqsa unda biroz sut qo'shish mumkin.

Smuzini qadahlarga uyib, iste'mol qilishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!