KUN KULGISI…

0

 

* * *

 

 

Do'konga kelishgan bir qiz kirdi. Sotuvchi yosh, lekin shilqimroq edi. Qiz undan so'radi:

— Manavi mato qancha turadi?

— Bir metri bitta bo'sa.

— Shunaqami? Unda sakkiz metr bering!

Sotuvchi og'zi qulog'iga yetib shosha-pisha matodan 8 metr o'lchadi-da, qizga uzatdi. Qarasa, qiz asta chiqib ketmoqchi. Sotuvchi yo'lini to'sib dedi:

— Bo'salar-chi, bo'salar?

Qiz lab burgancha javob qildi:

— Haqini 80 yoshli buvim bor, o'sha to'laydi.

 

 

* * *

 

 

Olti yoshli bolani kasalxonaga olib kelishdi. Do'xtir undan so'radi:

— Xo'sh, toy bola, seni nima bezovta qilyapti?

— Meni hech narsa bezovta qilmayapti. Bobomni bezovta qilyapti.

— Bobongni nima bezovta qilyapti?

— Qo'l soatini yutib yuborganim bezovta qilyapti.

 

 

* * *

 

 

Erkak do'stidan so'radi:

— Ishxonangda boshliq bo'lmasa, ishlash qiyinlashadimi?

— Judayam. Hatto, sigaret chekish uchun tashqariga chiqmayman.

— Nega?

— Chiqsam, uyga ketib qolishdan qo'rqaman.

 

 

* * *

 

 

Xotin eridan so'radi:

— O'tgan yili onamga tug'ilgan kunida kursi sovg'a qilgandingiz. Bu yil nima hadya qilasiz?

— Bu yil o'sha kursiga tok ulab beraman.

 

 

* * *

 

 

Erkak «Tez yordam»ga qo'ng'iroq qilib dedi:

— Iltimos, erta-indin mening uyim oldidan o'tsangiz, hovliga bir daqiqaga kirib o'ting, iltimos!

— Nima bo'ldi o'zi?

— Xotinim jag'ini sindirib olibdi. Gapira olmayapti.

 

 

* * *

 

 

Vrach erkakni tekshiruvdan o'tkazgach, xotinini sekin yo'lakka boshlab chiqdi-da, dedi:

— Bilasizmi, eringiz negadir menga yoqmayapti.

— Mengayam yoqmaydi, do'xtir. Lekin nima qilay, yashshamagurni bolalari yaxshi ko'radi-da!

 

 

* * *

 

 

Erkak do'stiga dedi:

— Do'stim, tashvishlaringga, qayg'ularingga sherikman!

— Tushunmadim. Menda qayg'u, tashvish yo'q.

— Bo'ladi.

— Nega?

— Xotinim tilla uzuk sotib oldi.

— Sotib olgan bo'lsa, menga nima aloqasi bor?

— Ertaga senikiga mehmonga borib o'sha uzugini xotiningga ko'z-ko'z qilmoqchi.

 

 

* * *

 

 

Bosqinchi supermarketga bostirib kirib, sotuvchiga baqirdi:

— Qani, pullarni paketga joyla!

Sotuvchi qo'liga paket oldi-da, bosqinchiga dedi:

— Kechirasiz-u, bizda bir dona paket 1000 so'm turadi!

— Eh, yaramas!.. Bo'pti, ma, o'zimning paketimga joylayqol pullarni!

 

 

* * *

 

 

Boyvuchcha xususiy detektiv yollab dedi:

— Erimni kuzatasan! Tag'in u don olishib yurgan ayolniyam kuzat-chi, u maraz erimning nimasiga uchdiykin o'zi?!.

 

 

* * *

 

 

Mariya Sharapova Serena Uilyamsga qo'ng'iroq qilib dedi:

— Qizli bo'libsan, tabriklayman! Qizaloqning onasi kim?

Olimjon HAYIT tayyorladi