Ajabo! ​Lola va Shahzoda hamkorlikda ish boshladi (foto)

0

Ushbu sarlavhani o'qib, hayron bo'layotgandirsiz. “Yolg'on yoki mish-mish” deyishga shoshilmang. Chunki bu haqiqat!

Shou-biznesning eng mashhur vakilalari, uzoq yillardan buyon “araz”da bo'lishgan edi. Bugun esa birgalikda ijodiy hamkorlikni boshlashgan, deb yozmoqda Darakchi nashri. Gap-so'zlarga qaraganda taklifni Lola Yo'ldoshevning o'zi bildirdi.

Hamkorlik qanday deyotgan bo'lsangiz, bunga ham javobimiz bor. 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlangan — “Qo'lingda imkon” nomli duet bolalar uchun haqiqiy sovg'a bo'ladi.

Darvoqe, bu hamkorlikda O'zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Ulug'bek Rahmatullayev va xonanda Shahriyor ham bor.

G'oya muallifi — Lola Yo'ldoshevaning o'zi. Musiqa Shuhrat Zokirovga tegishli. Klimeyker Sanjar Matkarimov, operator Rustam Murodov.

Klipning tasvirga olish jarayoni Toshkent shahri, Samarqand viloyatida, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida, “Bunyodkor” stadionida, eski shahar ko'chalari va yurtimizning tog'li hududlarida bo'lib o'tdi.

Yana bir ma'lumot, ushbu klipda Lola Yo'ldoshevaning o'g'li Muhammaddiyor ham ishtirok etadi.

Facebook'dagi sahifamizda yangiliklarni kuzatish yanada qulay!

Marhamat! A'zo bo'lish uchun "Nravitsya stranitsa" tugmasini bosing: