Fransiyada erkaklarga ayollar, qizlar ortidan hushtak chalish, gap otish taqiqlab qo'yildi…

1

 

Shu masalada Fransiya hukumati yangi qaror qabul qildi. Qarorda ta'kidlanadiki, nafaqat erkaklar, yigitlar ayol yoki qizlar ortidan, balki qiz-juvonlar ham erkaklar ortidan hushtak chalishga, gap otishga haqli emas. Qaror shartini buzganlar 750 yevro miqdoridagi jarimaga tortiladi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning aytishiga qaraganda, yangi qaror umumiy ma'noda erkaklar uchun chiqarilgan. Lekin qiz-juvonlar orasida ham xalq tilida aytganda, «shilqim»lari topiladi. Shuning uchun qaror bandlaridan birida ularga ham hushtak chalish, qarama-qarshi jins vakiliga shahvoniy mazmunga ega gaplarni gapirish taqiqlashi qo'yildi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, katta shaharmi, qishloqmi, ayollarimiz, qizlarimiz o'zlarini erkin his etishlari, uyati yo'q erkaklar ta'qibiga uchramasligi, turli masxaraomuz, soxta xushomadga qorishiq gaplarni eshitib kayfiyatlari tushmasligini xohlaymiz. Nasib bo'lsa, yangi qaror o'z samarasini beradi.

France 24

Facebook'dagi sahifamizda yangiliklarni kuzatish yanada qulay!

Marhamat! A'zo bo'lish uchun "Nravitsya stranitsa" tugmasini bosing:

1 TA FIKR

Comments are closed.