Bred Pitt Anjelina Joli bilan ajrashishni nima sababdan paysalga solayotgani ma'lum bo'ldi

0

Gollivud aktyorlari Bred Pitt va Anjelina Jolining haligacha rasman ajrashmaganiga ularning o'rtasidagi iliq tuyg'ular sabab emas, deb yozadi «Tengrinews». ga tayanib daryo.uz

Yulduzli juftlikning o'zaro munosabatlariga 2016 yilning sentyabrida putur yetgan edi.

Biroq Bred va Anjelina haligacha rasmiy ravishda er-xotin hisoblanadi.

Qayd etilishicha, nikohni bekor qilish jarayonining cho'zilishiga oilaning ko'chmas mulklari, xususan Fransiya janubidagi Shato Miraval manzilgohi sabab bo'lmoqda.

Er-xotin uzumzorga ega ushbu ko'chmas mulkni hali nikohdan o'tmasidan ya'ni 2009 yilda 60 million dollarga sotib olgan edi.

«Anjelina Breddan ushbu ko'chmas mulkni sotib, pulining yarmini o'ziga berishini talab qilmoqda. Biroq Bred bunday qilishni istamayapti. Bred hududdagi binolarni ta'mirlashni va uzumchilik va zaytun yog'i ishlab chiqarish bilan shug'ullanishni yoqtiradi. U hosilni shaxsan o'zi nazorat qiladi va merosni saqlab qolishni istaydi», — deyiladi xabarda.