“Real”ga qaysi futbolchi kerak?

0

Ayni damda ko'pchilikning diqqat markazida “Real”ning transfer maqsadlari turibdi. Boisi bu mavsumda “qirollik klubi”ning o'yinida keskin pasayish kuzatildi, hatto Yevropa Chempionlar ligasi finaliga chiqqani ham “Real”ning o'yini susayganini inkor eta olmaydi. Shu bois ko'pchilikni Madrid jamoasi yozda kimni xarid qilarkin, degan savol o'ylantirayotgani tabiiy.

BIRINChI VARIANT — SALOH

Shak-shubhasiz, “Liverpul” hujumchisi juda iqtidorli. Driblingi joyida, zarbalari ham zargarona. Bunday futbolchi “Real”da bemalol o'ynab keta oladi. Ammo bir jihatni ta'kidlash kerakki, Saloh — qanot hujumchisi. Agar u “Real”ga o'tadigan bo'lsa, Zidanning asosiy muammosi muammoligicha qolaveradi — jamoaga markaziy hujumchi kerak. Ehtimol, bunda fransiyalik mutaxassis Krishtianu Ronalduning orzusini ro'yobga chiqarishi mumkin, ya'ni portugaliyalik hujumchini markazga qo'yib, ikki qanotga Saloh va Asensioni o'ynatish varianti ham bor unda. Ammo ayni damda Ronalduning markaziy hujumda qanchalik muvaffaqiyatli o'ynay olishi ham topishmoqdek gap. Chunki uning jismoniy imkoniyatlari ayni damda pand berib qo'yishi mumkin. Axir markaziy hujum chizig'i ham oson emas, raqiblarning tezkor himoyachilarini ortda qoldirish mushkul ish. Ronalduning bir ustun tomoni bor — bosh bilan harakat qilish. Ammo har doim ham bunga imkon bo'lavermaydi. Shu bois Zidan tavakkal qilmasa kerak.

Qolaversa, “qizillar” Muhammad Saloh uchun juda ko'p pul so'rashyapti, talablari ham katta. So'nggi xabarlarga ko'ra, “Liverpul” misrlik futbolchi uchun “Real”ning 4 nafar futbolchisi — Keylor Navas, Dani Sebalos, Lukas Vaskes va Marko Asensiolarni so'ragan. Vaholanki, Asensio uchun “PSJ” “Real”ga 150 mln yevro taklif qilgandi. Salohning narxi esa 200 mln yevroga teng. Xullas, “Real” yuqoridagi futbolchilar yoki umuman juda katta talab evaziga Salohni xarid qilgandan ko'ra davomi
Manba: aniq.uz