Putin hamkasblari orasida kimlarga «sen» deb murojaat qilishini aytdi

0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin xalqaro sahnada hamkasblaridan kimlarga «sen» va kimlarga «siz»lab murojaat qilishi haqida so'zlab berdi.

«Ingliz tilida, barchamiz bilamizki, siz yo'q, u erda hammasi «you», ya'ni hammasi osonroq, ammo fransuz, nemis va boshqa qator tillarda «siz» va «sen» murojaatlari mavjud. Shu bois, ko'plab hamkasblarim bilan mana shunday norasmiy munosabatlar o'rnatishga to'g'ri kelgan.

Misol uchun, deylik Yaponiya Bosh vaziri bilan bir-birimizga ismlarimizni aytib, «sen»lab murojaat qilamiz, Germaniya kansleri, Fransiya prezidenti bilan ham xuddi shunday», — dedi Rossiya prezidenti to'g'ridan-to'g'ri muloqot davomida.

Shu bilan birga, Putin, ayrim xorijiy hamkasblari bilan faqat «siz»lab murojaat qilishini ta'kidladi. Masalan, Chexiya prezidentiga, nega deganda, uning yoshi Putinnikiga nisbatan kattaroq.

«O'ylaymanki, unga «siz»lab murojaat qilib, to'g'ri qilaman. Ko'pchilik bilan o'zaro suhbatda bir-birimizga ismimizni aytib murojaat qilamiz. Bu menimcha, juda muhim, nega deganda biz faoliyat yuritadigan darajada o'zaro hurmat — har qanday holatda saqlanib qolishi zarur, chunki u yanada jiddiy xalqaro masalalarni yechishda yaxshi instrument bo'la oladi», — dedi Putin.

 

manba: asr.uz