Laylatul qadr uchun tetiklashtiruvchi mahsulotlar

0

1. Sovuq suv. Kam suv ichish dangasalikka sabab bo'luvchi omillardandir. Iftor vaqtidan saharlikkacha kunlik suv balansini to'ldirish zarur.
2. Ko'k choy. Ko'k choy juda yaxshi tetiklashtiruvchi ichimlik. Uning qahvadan farqi shundaki, ta'siri biroz keyinroq sezilsa-da, uzoqroq davom etadi.
3. Xo'l mevalar va rezavorlar. Masalan, banan, olma, malina, chernika, qulupnay organizmni tetiklashtirishga yordam beradi. Ayniqsa, olma tarkibida diqqatni jamlovchi elementlar mavjud.
4. Yalpiz. Yalpizning ajoyib iforiyoq kishini tetiklashtiradi. Uni choyga, kompotlarga qo'shib yoki o'zini alohida damlab ham iste'mol qilish mumkin.
5. Apelsin soki. Uning tarkibida organizmga quvvat bag'ishlovchi S vitamini bor. Bundan tashqari, apelsin, limon va laymning xush bo'yi miya faoliyatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
6. Yong'oqlar. Ushbu mahsulotlar quvvat beruvchi va to'yintiruvchi xususiyatga egaligi ko'pchilikka ma'lum. Me'yorga amal qilinsa bo'lgani.
7. Yogurt. Uning tarkibida magniy mavjud bo'lib, organizm tetikligida o'z o'rniga ega.

Facebook'dagi sahifamizda yangiliklarni kuzatish yanada qulay!

Marhamat! A'zo bo'lish uchun "Nravitsya stranitsa" tugmasini bosing: