Astag'firulloh! Laylatul qadr kechasida farishtani videoga olishdimi? (video)

0

Ramazon oyining so'nggi o'n kunligida Laylatulqadr kechasini bedor kutish har bir musulmon bandaning orzusi. Ushbu ming oydan yaxshiroq kechada osmondan farishtalar yer yuziga tushib, ibodatga mashg'ul, istig'for keltirgan bandalarning hisobini oladi. Gunohlar kechiriluvchi, osmonning yetti qavati ochilib, tilaklar hech bir to'siqsiz Yaratganga yetib boruvchi mazkur kechadan nima uchundir kishilar mo''jizalar yuz berishini kutishadi.

Darhaqiqat, ko'pchiligimiz Laylatul qadr tunida ko'zimizni osmonga tikib, farishtalarni ko'zimiz bilan ko'rishga, aqlimiz bilan ilg'ab olishga harakat qilamiz. Ana shunday dindoshlarimizdan biri Yerdan samoga ko'tarilayotgan farishtani videoga tushirganini ma'lum qildi. Videoda aks etgan noma'lum yorug'lik rostdan ham farishtami? Farishtalar moddiy mavjud bo'la oladimi? Ularni ko'z bilan ko'rish, tasvirga tushirish mumkinmi? Bizningcha, hammasi shu qadar oddiy bo'lishi mumkin emas. Farishtalar faqatgina tavbalari qabul bo'lgan chin musulmonlargagina ko'rinish beradi. Bu baxtga nozil bo'lgan kishi hamma narsani unutib, Yaratganning zikri bilan mashg'ul bo'ladi. Bunday sharafga erishgan odamda buni ommaga bildirish, telefonini yoqib, suratga tushirish xayoli bo'lishi mumkin emas, nazarimizda. Yanayam, Alloh bilguvchi. O'zi gunohlarimizni mag'firat qilsin.

#OLTIN_QUSh_ERTAGI🎥 Qadr kechasida farishta ko'rdim qabilidagi bu video butun internet bo'ylab tarqaldi.Telegramniku gapirmasa ham bo'ladi,deyarli hamma kanallarida bu video tinimsiz aylandi. Ajablanarlisi,bu videoga ishonganlar judayam ko'p bo'ldi.Laylatul Qadr degani osmondan laylak uchib o'tadi degani emas,ertakka ishonib qolmang!KIM QANDAY FIKRDA?

Opublikovano Shaxnoz Maxmudovoy 12 iyunya 2018 g.

 

 

 

Facebook'dagi sahifamizda yangiliklarni kuzatish yanada qulay!

Marhamat! A'zo bo'lish uchun "Nravitsya stranitsa" tugmasini bosing:

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here