Bugungi so'nggi xatmonalar savoblari marhum Anvar qori Tursunovga bag'ishlanadi

0

Bugun so'nggi tarovih, so'nggi xatmona… Bir oy mobaynida masjidlarimiz namozxonlar bilan, ixlosi baland pokiza qalb sohiblari bilan to'lib toshdi. Qur'oni karim diyorimiz uzra taralib, Alloh rahmatlari yog'ilib turdi. Robbimizdan so'raymizki, Ramazondan keyin ham ana shu iymon tantanasi qalblarimizda, hayotimizda, xonadonimizda, masjidlarda davom etsin. Umrimiz ham xuddi ro'za kabi solih amal, sabr-matonat va yakuni xursandchilik onlari bo'lsin!

Bugun qaysi manzilda bo'lmang, duo qiling azizlar, har yili Ramazonda masjidlarga fayz berib, xatmonalarda jo'shib mav'izalar qiluvchi, Qur'onni sevuvchi, qorilarni sevuvchi xuddiki bugun ham o'zlarining yangi va'zlariga bizlarni intiktirayotgan ustoz Anvar qori domla haqlariga…

Duo qiling azizlar, Ramazonda ibodatlarini biz kabi huzur-halovatda o'tkaza olmagan, balki, qo'rquv va tahlikada o'tkazgan, iftorlikka yeguligi bo'lmagan, yaqinlaridan judolik xabarini eshitgan ba'zi musulmon xalqlar haqqiga duo qilingki, kelgusida yili ular ham biz kabi osoyishta osmon ostida ibodat qila olsinlar. Hayitni bayram qila olsinlar, bolalar yuz-ko'zlaridagi g'amginlik, tanalaridagi dardlarga Alloh shifo va shodlik ato etsin! Yomonlarga O'zi kifoya qilguvchidir.

Bu kecha duo qiling azizlar, jonajon vatanimiz, bag'rikeng xalqimizni Alloh hifzu himoyatida saqlasin. Doimo ana shunday saodatli kunlar, munavvar kechalarda zavqqa to'lib, birdam va ahil bo'lib ibodat qilish baxtini Tangrimiz nasib esin!

Bugun Toshkent shahrining quyidagi masjidlarida Qur'oni Karimning xatmonasi yakuniga yetadi:

 

1. “Katta qozirobod” jome' masjidi. (Chilonzor tumani, Katta Qozirobod mahallasi, Chilonzor ko'chasi, 82a-uy. Mo'ljal: “Bunyodkor” stadioni.)

Masjid imom-xatibi: Yunusov Abduqahhor

Qorilar: Mirzayev Shamsiddinxon Muxammadullo o'g'li, Nurmuxammedov Alisher  Rajab o'g'li

2. “Firdavs” jome' masjidi. (Manzil: Shayxontohur tumani, Bog'ko'cha mahallasi 21a-uy. Tel.: +998 71 242 25 08, +93 539-72-33)

Masjid imom-xatibi: Sattorov Baxtiyor

Qorilar: Raxmonberdi Abdulaziz Rustamjon o'g'li

3. “Mahkamboy hoji ota” jome' masjidi. (Manzil: Uchtepa tumani, Oqshom ko'cha, 25A-uy. Tel. :+998 71 228-63-35, +98 367-59-60)

Masjid imom-xatibi: Zokirov Habibulloh

Qorilar: Mirzaqulov G'ayrat Sherbayevich, Saipov Baxodir Yuldashevich, Yo'ldoshev Muhammadamin Shuhrat o'g'li.

4. “No'g'oyqo'rg'on” jome' masjidi. (Sirg'ali  tumani, No'g'oyqo'rg'on mahallasi, Sultonxo'janov ko'chasi 34-uy. Tel: +998 71 215 84 70, +90 946-68-71)

Masjid imom-xatibi: Qultoyev Yorqinbek

Qorilar: Uralov Mansur Urolovich, Murtazayev Ahliddin Abdumajid o'g'li

5. “Omina” jome' masjidi. (Manzil: Yunusobod tumani, Obod mahallasi, O'rtasaroy ko'chasi 30 uy. Tel.: +90 374-28-07)

Masjid imom-xatibi: Hamidov Ma'rufxo'ja

Qorilar: Obidjonov Mashhurbek, Shodiyev Yusuf

6. “Qatortol” masjidi. (Manzil: Chilonzor tumani, 2-Qatortol mahallasi, Mashrab 1-tor ko'chasi, 2a-uy. Tel. : +998 93 509-17-27)

Masjid imom-xatibi: Alimov Abror

Qorilar: Alimov Abror Afzaljonovich

7. “Ibrohimboy va Orifjonboy” masjidi. (Olmazor tumani, «Guzar boshi» mahallasi, Hurriyat ko'chasi 23-uy.  Tel. : +90 935-56-38, +97 711-12-48)

Masjid imom-xatibi: Xolmurzayev Elmurod

Qorilar: Jo'raboyev Ikromjon Abdullajon o'g'li, Xoliqov Mansur Qo'chqoraliyevich, Turg'unboyev Abdullo Baxtiyor o'g'li

8. “Salom” masjidi. (Manzil: Olmazor tumani, Zarqaynar ko'cha 74-uy. Tel: +998 98 570 12 22)

Masjid imom-xatibi: Kamolov Muzaffar

Qorilar: Azimov Dilmurod Ne'matovich, Aminov Muhammadismoil Rahmatulloh o'g'li, Davlatov Hikmatulloh Normo'minovich, Xudoyberdiyev Farrux Amankeldiyevich.

Xatmi Qur'on savoblari taniqli olim, marhum ustoz Anvar qori Tursunovga bag'ishlanadi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati

Facebook'dagi sahifamizda yangiliklarni kuzatish yanada qulay!

Marhamat! A'zo bo'lish uchun "Nravitsya stranitsa" tugmasini bosing:

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here