JCh-2018 ochilish marosimida ishtirok etadigan davlat rahbarlari ma'lum qilindi

0

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskvadagi «Lujniki» stadionida 14 iyun kuni futbol bo'yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etadigan davlat rahbarlarini ma'lum qildi. Ro'yxatda hozircha 17 mamlakat bor.

Meduza xabariga ko'ra, ro'yxatdan asosan MDH va Lotin Amerikasi davlatlari joy olgan. Bundan tashqari, unda ko'pchilik mamlakatlar tomonidan tan olinmagan ikki davlat ham bor – Abxaziya va Janubiy Osetiya. KXDRdan Oliy xalq majlisi prezidiumi raisi Kim Yon Nam qatnashadi.

Shuningdek, ochilish marosimiga Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus – Aleksandr Lukashenko, Boliviya – Evo Morales, Qozog'iston – Nursulton Nazarboyev, Qirg'iziston – Sooronbay Jeenbekov, Panama – Xuan Karlos Varela, Tojikiston – Imomali Rahmon, Paragvay – Orasio Kartes, Ruanda – Pol Kagame, Armaniston bosh vaziri – Nikol Pashinyan, Livan – Saad Haririy keladi.

 

kun.uz

Facebook'dagi sahifamizda yangiliklarni kuzatish yanada qulay!

Marhamat! A'zo bo'lish uchun "Nravitsya stranitsa" tugmasini bosing:

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here