Shavkat Mirziyoyev futbol bo'yicha Jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etishi mumkin

0

Rasman tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, Shavkat Mirziyoyev futbol bo'yicha Jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etishi mumkin. O'zbekiston Prezidenti Farg'onada viloyati faollari ishtirokida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida Moskvaga safar qilishi mumkinligini so'zlagan.

JCh-2018 ochilish marosimida Armaniston, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston kabi o'ndan ortiq davlatlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Millionlab muxlislar orziqib kutayotgan futbol bo'yicha navbatdagi jahon chempionatiga ertaga, 14 iyun kuni start beriladi. Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Moskvadagi «Lujniki» stadionida bo'lib o'tadigan ilk uchrashuvda mezbon jamoa vakillari Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

 

manba: daryo.uz