Xayrullo Hamidov she'ri: Ta'ziya

1

Nedir zardob yutgan yurakda alam,

Koshki, bu kunlarni xotir o'chirsa.

Deyavermaydimi ne desa olam,

Alloh bandasini kechirsa…

 

Har kim ko'nikuvchan!

Ha, tezda ko'nar,

G'amni tub-tubidan asta ko'chirsa.

Zulmatlar top-toza borliqqa do'nar

Alloh bandasini kechirsa.

 

O'limning ustidan kulmang bazinhor,

Bilasiz, sizga ham “sharbat” ichirsa.

Jirkanch fe'llar uni ettirolmas xor

Alloh bandasini kechirsa…

 

Ishimiz ne oxir, O'zi biladi,

Ne holdamiz ruhning qushin uchirsa.

Osmon ham poyiga yerlik qiladi

Alloh bandasini kechirsa…

 

Odamlar yuzlarga solaveradi,

O'zicha alamin olaveradi.

Bandasi chuvillab qolaveradi

Alloh bandasini kechirsa.

 

Alloh bandasini kechirsin!!!

 

 

Facebook'dagi sahifamizda yangiliklarni kuzatish yanada qulay!

Marhamat! A'zo bo'lish uchun "Nravitsya stranitsa" tugmasini bosing:

1 TA FIKR

  1. Xa Allox kechirganlardan bo'laylik iloyim, qori akani oxirati obod bo'lsin. Shu insonni gunoxlari kechirilishini so'ralyapdiki, bizlar EXXEEEEEEEEEEEE

Comments are closed.