Shoshiling! Mushafi sharifning navbatdagi nusxasi sotuvga chiqarildi

0
Minglab yurtdoshlarimiz muborak Qur'oni Karimni xarid qilish uchun navbatda turishibdi.
Shu yilning mart oyida Qur'oni Karim kitobi “HILOL NASHR” nashriyot-matbaasi tomonidan “Dorus-salom” nashriyotining rasmiy ruxsati bilan asliy nusxasi asosida, O'zbekiston musulmonlari idorasi hamkorligida chop etilgan edi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita Mushafni 50 ming nusxada chop etishga ruxsat bergan. Dastlabki nashr qilingan 10 ming nusxa kitob nashriyotning 7 ta do'koni, shuningdek, hududlardagi hamkor kitob do'konlariga belgilangan yagona narxi – 31 ming so'mdan sotish sharti bilan tarqatildi va sotuvga chiqqan kunidayoq sotib tugatildi.
6-mushafga_navbat-680x453.jpg
Nashriyot direktori Abdulvahid Sattiyev har ikki yarim oyda Mushafi sharif 10 ming nusxadan chop etilishini ta'kidlagan edi.
Mushafi sharifning navbatdagi 10 ming nusxasi bosmadan chiqarildi. Bugun erta tongdan poytaxtimizdagi “HILOL NASHR” nashriyot-matbaa bosmaxonasi oldida aholi gavjum. Minglab yurtdoshlarimiz muborak Qur'oni Karimni xarid qilish uchun navbatda turishibdi. Talab yuqori bo'lgani bois har bir xonadon uchun bittadan Mushafi sharif sotilmoqda. Narx o'zgarmagan. Bu haqda O'zA ma'lum qildi.
photo5325761891332630891.jpg
photo5328137373319538962.jpg
photo5328137373319538963.jpg
photo5328137373319538964.jpg