Toshkentdagi «Qozog'iston» kinoteatri nega buzib tashlanmoqda?

0

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan va uzoq yillik tarixga ega kinoteatr tag-tugi bilan buzilmoqda. Bu haqda UzNews xabar berdi.

Kinoteatrda 7 iyul kunidan boshlab buzish ishlari olib borilmoqda. Ularda 30 nafarga yaqin ishchi qatnashmoqda.

Ishlayotganlarning fikriga ko'ra, kinoteatr xavfsizlik talabiga javob bermasligi hamda ancha eskirib qolgani uchun buzilmoqda.

«Qozog'iston» kinoteatri buzilishiga Toshkent shahar hokimligi tomonidan ruxsat berilgan bo'lib, uning o'rnida nima qurilishi esa hozircha oshkor qilinmadi.