Nima uchun Alloh taolo ayolning mahrini “haq” deb nomlagan?

0

Savol: “Ular bilan (nikoh orqali) yaqinlik qilishingiz bilanoq, belgilangan haqlarini (mahrlarini) beringiz”(«Niso», 24-oyat) oyatida ayolning mahrini “haq” deyilishining boisi nimada? Nima, ayol oilaviy hayot uchun erkak tomonidan ijaraga olinib, so'ng haqi to'lanadigan shaxsmi?

Javob: Mahr erning bo'ynidagi ayolga berishi vojib bo'lgan sovg'adir. Alloh «Niso» surasining 4-oyatida bunday marhamat qiladi: “Xotinlarga mahrlarini mamnunlik bilan beringiz!”(«Niso» surasi, 4-oyat) Er ayolidan manfaat ola boshlagan chog'ida xotin bosh tortsa yoki erga qarshilik qilib, o'ziga yaqinlashtirmasa, mahrga haqli bo'lmasligini anglashi uchun Alloh uni (mahrni) “haq” deb ta'bir qildi. Hadisda ham “erkakning ayoldan foydalanish haqi” degan ta'bir kelgan.

Shayx Muhammad Said Ramazon Butiy
«Saralangan fatvolar»

Azon.uz