Rossiya poytaxti Moskva shahrida xorijlik futbol fanatlari ko'chalardagi lampochkalarni o'g'irlab qochmoqda ekan…

0

 

Shu haqda Moskva shahar meri o'rinbosari Petr Biryukov to'xtalib o'tdi.

— Biz lampochka o'g'irlashlariga qarshi emasmiz, — dedi Biryukov «KP» muxbiriga. — Ammo bizning vatanga ular futbol tomosha qilish uchun kelishgan-ku! Lampochkalarni o'g'irlash sal xunuk ko'rinmasmikan? To'g'ri, biz futbol bo'yicha jahon chempionatiga alohida tayyorgarlik ko'rganmiz. Ko'chalarni, o'yingohlarni yorituvchi lampochkalar turli jonivorlar ko'rinishida tayyorlangan. Xorijlik fanatlar hoynahoy ularni suvenir sifatida o'z vataniga olib ketishni mo'ljallashgan bo'lishlari mumkin. Bunga qo'shilamiz. Zahiramizda unday lampochkalar ko'p. Mutasaddilar eskisi o'g'irlansa, uning o'rniga yangisini o'rnatib qo'yaveradi…

«KP»

Aziz do'stim, sizni o'zimizning “WhatsApp”dagi kanalimizga lutfan taklif etamiz! Siz bu kanalda qiziqarli va tezkor xabarlar, bir-biridan ajoyib hikoyalar, davomli asarlarni o'qib, maroqli hordiq olasiz, yana bir qator shu kabi ma'lumotlarga boshqalarga nisbatan oldinroq ega bo'lasiz! Kanalimizga a'zo bo'ling!

https://chat.whatsapp.com/Jwpkj16hPyS5jkvcZxybVc

 

Facebook'dagi sahifamizda yangiliklarni kuzatish yanada qulay!

Marhamat! A'zo bo'lish uchun "Nravitsya stranitsa" tugmasini bosing: