Amerikalik 3 yashar bola havo issiq kunda avtomobil ichiga qamalish natijasida vafot etdi…

0

 

Fojia Amerikaning Tennessi shtatiga qarashli Suituoter shaharchasida sodir bo'lgan. Ma'lumotlarga ko'ra, Anita Gibson ismli ayol qo'shninikida o't o'rayotgandi. Nevaralari uning qaramog'ida qolgani sababli vaqtincha qarab turish uchun 15 yoshli nevarasiga ukalarini ishonib topshirgandi. Bir mahal uyiga qaytsa, nevaralar yo'q. Darvoza lang ochiq. Jonholatda hovli chetidagi «Honda Accord» avtomobili tomon chopdi. Ne ko'z bilan ko'rsinki, 3 yashar kenja o'g'il nevarasi mashina ichiga qamalib qolgan, allaqachon issiq eltib hushini yo'qotgan ekan.

Ayol nevarasini hushiga keltirishga urindi. Ammo uddasidan chiqa olmadi. Darrov «Tez yordam»ga qo'ng'iroq qildi. Baxtga qarshi vrachlar bolaning hayotini saqlab qola olishmadi. U issiqdan bo'g'ilib bo'lgan ekan.

Mutaxassislarning ma'lumotiga ko'ra, o'sha kuni shtatda havo harorati +30 darajagacha ko'tarilgan.

Hozircha ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilmadi. Tergovchilar, politsiya xodimlari qo'shnilarni so'roq qilishmoqda.

Hisob-kitoblar ko'rsatdiki, shuning bilan Amerikada 2018 yil avvalidan to shu kunga qadar 23 nafar bola avtomobilga qamalib, issiqdan bo'g'ilish oqibatida jon taslim qilibdi. Oxirgi marta jurnalistlar Texas shtatida 9 oylik qiz chaqaloq avtomobil salonida qolib ketish natijasida issiqqa bardosh bera olmay vafot etgani haqida yozishgandi.

usa. one

Aziz do'stim, sizni o'zimizning “WhatsApp”dagi kanalimizga lutfan taklif etamiz! Siz bu kanalda qiziqarli va tezkor xabarlar, bir-biridan ajoyib hikoyalar, davomli asarlarni o'qib, maroqli hordiq olasiz, yana bir qator shu kabi ma'lumotlarga boshqalarga nisbatan oldinroq ega bo'lasiz! Kanalimizga a'zo bo'ling!

https://chat.whatsapp.com/Jwpkj16hPyS5jkvcZxybVc

 

Facebook'dagi sahifamizda yangiliklarni kuzatish yanada qulay!

Marhamat! A'zo bo'lish uchun "Nravitsya stranitsa" tugmasini bosing:

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here