SAMARALIK TAYSON… (yoxud Samarada yashovchi erkak 56 yoshli jazmanining bir qulog'ini tishlab uzib oldi)

0

 

Hammasiga odatdagidek ichkilik sababchi bo'lsa kerak albatta. Nima bo'lganda ham, 47 yoshli ismi-sharifi ma'lum qilinmayotgan erkak 56 yashar jazmani bilan birga ulfatchilik qilayotgandi. Ichkilik keragidan ortiq ichilishi bois kayfi oshib qoldi. Oralarida bo'lar-bo'lmas gap aylanib, oxiri janjallashib qolishdi. Shunda erkak hoynahoy amerikalik bokschi Taysonning tarixini eslab qoldi shekilli. Sira o'ylab o'tirmay, sevgilisining bir qulog'ini tishlab uzib oldi. Ana shunday qilib idish ichidagi iblis yetagiga kirdi va jinoyat sodir etib qo'ydi.

Hozirgi vaqtda erkak qamoqqa olingan. Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Aytishlaricha, u ilgari ham narkotik tufayli jazo muddatini o'tagan ekan. Hozirdanoq «Samaralik Tayson» laqabini orttirishga ulgurgan zo'ravon piyonista va retsidevist kamida 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

life. ru

Facebook'dagi sahifamizda yangiliklarni kuzatish yanada qulay!

Marhamat! A'zo bo'lish uchun "Nravitsya stranitsa" tugmasini bosing: