Futbol bo'yicha jahon chempionatining ikkinchi finalchisi ham ma'lum bo'ldi…

0

 

Xorvatiya terma jamoasi yarim final matchida Angliya termasiga qarshi maydonga tushib, 2: 1 hisobda g'alaba qozondi va chempionatniing finaliga yo'l oldi.

Yarim final matchi «Lujniki» o'yingohida bo'lib o'tdi. O'yinning 5- daqiqasida inglizlar himoyachisi Kiran Trippyer hisobni ochdi. Xorvatlar esa 69- daqiqada hisobni tenglashtirishdi. Ushbu golga yarim himoyachi Ivan Perishich mualliflik qildi.

G'alaba esa qo'shimcha vaqt berilgach, aniqrog'i, 109- daqiqada qozonildi. Hal qiluvchi gol hujumchi Mario Manjukich tarafidan amalga oshirildi.

Futbol bo'yicha jahon chempionati final matchi 15 iyul kuni «Lujniki» o'yingohida Moskva vaqti bilan soat kechki 18: 00 da boshlanadi.

lenta. ru

Facebook'dagi sahifamizda yangiliklarni kuzatish yanada qulay!

Marhamat! A'zo bo'lish uchun "Nravitsya stranitsa" tugmasini bosing:

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here