Ozarbayjonda favqulodda tartibsizliklar. Ikki politsiyachi halok bo'ldi…

0

 

Ozarbayjonning Ganja shahrida kuni kecha aholi tarafidan qonunlashtirilmagan norozilik namoyishlari tashkil etilgan. Politsiyachilar hamda namoyish ishtirokchilari o'rtasida jiddiy to'qnashuvlar yuzaga keldi. Natijada Ganja shahar politsiya bosh boshqarmasi rahbari muovini polkovnik Ilg'or Bolakishiyev, Nizomiy tuman politsiyasi polkovnik-leytenanti Samad Abbosovlar halok bo'ldi. Rasmiy xabarlarga qaraganda, namoyishchilar politsiya vakillariga o'tmas, to'mtoq va kesuvchi o'tkir uskunalar bilan hujum qilgan.

Hozirgi vaqtda qirq kishi qo'lga olingan. Qolgan namoyishchilar qochishga ulgurgan.

Ammo namoyishning aniq maqsadi xususida umuman xabar tarqatilmagan.

NTV. ru

Facebook'dagi sahifamizda yangiliklarni kuzatish yanada qulay!

Marhamat! A'zo bo'lish uchun "Nravitsya stranitsa" tugmasini bosing: