«Usmoniylar imperiyasi tarixi» turkumidan: «MEHRIMOH SULTONNING O'GAY O'G'LI»

2

 

«Muhtasham yuz yil» ko'p seriyali filmini tomosha qilganlar yaxshi biladi. Filmda Mehrimoh obraziga keng o'rin berilgan. U sulton Sulaymon-Qonuniyning yakka-yu-yagona, suyukli erka qizi. Sulaymonshoh qizining hech bir tilak va istagini inkor etmagan. Taqdir ekan, imperiya malikasining shaxsiy hayotda baxti ochila qolmadi. U ko'ngil qo'ygan yigitlarga turmushga chiqishi uchun o'sha davr qonuni va sharoit, muhit yo'l bermadi. Shunday qilib Mehrimoh sulton o'zidan yoshi ancha ulug', shoh Sulaymonning sadoqatli ayyonlaridan biri Rustam poshshaga turmushga chiqdi.

Ammo filmda Rustam poshshaning Mehrimohga qadar kechgan hayotiga to'xtalishmagan. Bu endi tarixiy qo'lyozmalardagina saqlanib qolgan. Ana shunday manbalardan birida aytiladiki, Rustam poshsha Mehrimohgacha boshqa bir ayol bilan birga yashagan. Hatto, ular o'g'il ko'rib, ismini Usmon qo'yishgan. Onasi erta olamdan o'tgach, Usmon otasining tarbiyasida ulg'aygan. Qizig'i, u Mehrimoh bilan deyarli tengdosh edi. Mehrimoh sulton oradan yillar o'tib Rustamga rostakamiga ko'ngil berdi. Uni sevib qoldi. Balki shuning uchundir, o'gay o'g'liga nisbatan ko'nglida zarracha xusumat bo'lmagan. Usmonga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo'lgan. Baxtga qarshi Usmonning keyingi hayoti haqida tarixiy manbalarda ham ma'lumot qoldirilmagan. Tarixchilar Mehrimoh va uning o'gay o'g'li Usmon orasidagi do'stona munosabatda to'xtashni ma'qul ko'rishgan.

yandex. ru

Aziz do'stim, sizni o'zimizning “WhatsApp”dagi kanalimizga lutfan taklif etamiz! Siz bu kanalda qiziqarli va tezkor xabarlar, bir-biridan ajoyib hikoyalar, davomli asarlarni o'qib, maroqli hordiq olasiz, yana bir qator shu kabi ma'lumotlarga boshqalarga nisbatan oldinroq ega bo'lasiz! Kanalimizga a'zo bo'ling!

https://chat.whatsapp.com/Jwpkj16hPyS5jkvcZxybVc

 

Facebook'dagi sahifamizda yangiliklarni kuzatish yanada qulay!

Marhamat! A'zo bo'lish uchun "Nravitsya stranitsa" tugmasini bosing:

2 FIKRLAR

  1. Birovni tarixini internetdan ko'chirib, gonorar olish uchun o'zimiznizga qaytarib yozishdan to'xtamay qoldingiz. Undan ko'ra o'z tariximizni yaxshiroq o'rganib shular haqida yozsangiz yaxshi bo'lardi. Masalan, sarkardalar, qo'rboshilar, avliyolar, ziyoratgohlar tarixi haqida

  2. Muxtasham yuz yil kitobini kanday topsak bularkan. Aytishlaricha kitobi serialga karaganda birmuncha boshkacharok ekan. Yani xakikat fakat kitobida yozilgan serialda emas deyishadi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here