Yangicha moda! Yaltiroq tilli ahmoqlar (foto)

0

Moda o'zgaruvchan hamda tinimsiz harakatlanadigan jarayon hisoblanadi. Unda o'zni ko'rsatish va barchaning e'tiboriga tushish juda qiyin. Ayniqsa, insonlarga yoqadigan, ularni o'ziga jalb qiladigan birorta yangilik kirita olmasang. Ammo tinib-tinchimas odamlar nimalarni o'ylab topishadi-ya!

Yaqinda Instagram ijtimoiy tarmog'ida “#glittertounge” xeshtegi ostida yangicha moda turi kashf etildi. Unda qizlarning tillarini turli yaltiroq ranglarga bo'yab tushgan rasmlari paydo bo'la boshladi va tezlik bilan barchaning hayratiga sazovor bo'ldi. Kimlardir bu ko'rinishni maqtagan bo'lsa, yana kimlardir ularni jinniga chiqardi. Ammo shunga qaramasdan, ushbu trend ko'rinish hamon keng quloch yoyib bormoqda…

Nodira Qurbonboyeva tayyorladi