Bosh prokuratura tizimida muhim lavozim tayinlovlari ro'y berdi

0

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018 yil 7 avgustdagi buyrug'iga asosan Nigmadjanov Uygun Uchkunovich O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi boshlig'ining moliya-iqtisod ishlari bo'yicha o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U.Nigmadjanov 1981 yilda tug'ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004 yilda Yunusobod tuman prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2007 yildan Bosh prokuratura bo'lim prokurori, boshqarma prokurori, katta prokurori, bo'lim boshlig'i o'rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2012 yildan shu vaqtgacha O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Xalqaro-huquqiy boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlagan.

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018 yil 7 avgustdagi buyrug'iga asosan Nabiyev Olimjon Burxonovich O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Xalqaro-huquqiy boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

O.Nabiyev 1987 yilda tug'ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2009 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2011 yilda Zangiota tuman prokuraturasida boshlab, Toshkent viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2015 yildan Bosh prokuratura bo'lim prokurori, boshqarma tergovchisi, katta tergovchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi katta prokurori lavozimida ishlagan.

Manba: Xs.uz