«Bobur Building Group» konteynerlari: tezkor, moslashuvchan va amaliy yechim

0

Yoz oylarida qurilish ishlari eng avjiga chiqqan palla hisoblanadi. Kimdir yirik qurilish loyihasi asosida ko'p qavatli uy qursa, kimdir tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo'lgan do'kon yoki shu kabi biror kichik bino quradi.

Qurilish maydonining o'zida bir qancha qulay sharoitlar mujassam bo'lgan mobil turar joy yoki juda qisqa fursat ichida kichik do'kon, ofis, ombor hamda shu kabi zarur bo'lgan kichik binoga ega bo'lish orqali o'zingizning ham vaqtingizni, ham naqdingizni tejashingiz mumkinligini bilasizmi?

Xususan, «Bobur Building Group» qurilish kompaniyasi ana shunday turli xil mobil konteynerlar ishlab chiqarish va ta'mirlash bilan shug'ullanadi. Mobil konteynerlardan ofis yoki do'kon sifatida foydalanishdan tashqari, ixcham turar joy, dala hovli, qo'riqchilar ish joyi, ombor yoki tovarlarni vaqtincha saqlash joyi sifatida foydalanishingiz mumkin.

«Bobur Building Group» tomonidan qurilgan mobil konteynerlar sovuq hamda issiqqa chidamli bo'lib, kompaniyaning asosiy maqsadi SIFAT, hamda QISQA FURSAT ichida buyurtmani yetkazib berish hisoblanadi. Talabingizga mos konteynerni yasab berish muddati 5 ish kunidan 10 ish kunigacha bo'lib, kompaniya mutaxassislari bu sohada ko'p yillik tajribaga ega. Mobil konteynerlarni qurishda mijozning xohishi va istagiga binoan eng sifatli qurilish mollaridan foydalaniladi.

Mijozlarning qulayligi uchun «Bobur Building Group» tomonidan quyidagi tartibda ish yuritiladi:

– Qo'llaniladigan materiallar va quruvchilar ishini hisobga olgan holda smeta xarajatlari tuziladi;

– Konteyner o'rnatiladigan yer maydoni bilan bog'liq hujjatlar chuqur o'rganiladi va zarur hollarda tegishli tashkilotlardan barcha kerakli ruxsatnomalar olinadi;

– Konteynerni o'rnatish belgilangan joyning fundamenti tayyorlanadi;

– Konteynerning tashqi devorlari quriladi va ichki ajratuvchi devorlar o'rnatiladi;

– Tom qismi o'rnatiladi;

– Oyna va eshiklar o'rnatiladi;

– Zarur kommunikatsiyalar o'tkaziladi;

– Yakuniy bosqich – ichki va tashqi pardozlash ishlari amalga oshiriladi.

Buyurtma asosida tayyor bo'lgan mobil konteynerlar kompaniya mutaxassislari tomonidan olib borib, o'rnatib beriladi. Bularning hammasiga ikki haftadan ortiq vaqt ketmaydi!

To'lovni istalgan shaklda amalga oshirishingiz mumkin. Mijozlar uchun «Bobur Building Group» kompaniyasi har kuni 24 soat davomida faoliyat yuritadi. Barcha turdagi mobil konteynerlarga 12 oylik kafolat mavjud.

Murojaat uchun telefonlar:

+99894 627 99 99

+99890 114 44 66

Instagram: instagram.com/bbg.uz

Telegram: t.me/bbguz

Reklama huquqi asosida