Apple pasport o'rniga «iPhone»dan foydalanishni taklif qildi

0

Apple korporatsiyasi pasportlar o'rniga kompaniya smartfonlaridan foydalanishni taklif qildi. Ushbu taklif bilan Apple AQShning patentlar va tovar belgilari boshqarmasiga murojaat qildi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Kompaniyaning ma'lum qilishicha, shaxsni tanishning radiochastotali texnologiyasi o'rnatilgan iPhone’lar qog'oz hujjatlarning o'rnini bosishi mumkin. iPhone o'z egasining shifrlangan ma'lumotlarini ularni talab qilgan davlat organlariga yuboradi. Touch ID i Face ID biometrik texnologiyalari uzatilayotgan ma'lumotlarning xavfsizligini ta'minlaydi.

Korporatsiya vakillarining aytishicha, bu konsepsiyani tatbiq qilish mumkin bo'lgan sohalar juda ko'p. Xususan, aeroportlarda pasport nazoratini olib borish yoki ishga qabul qilishda hujjatlarni taqdim qilishda Apple konsepsiyasidan foydalanish mumkin.