XOTINIDAN O'LIB HAM QUTULA OLMAGAN ERKAK…

0

 

Gonduraslik 27 yoshli Denni Gonsalez anchadan beri Amerika Qo'shma Shtatlarida ishlab oilasini boqardi. Xotinining har hafta ko'proq va ko'proq pul jo'natishini talab qilaverishi joniga tegib o'zining o'lgani haqida xabar yuborishga qaror qildi. Buning uchun burniga paxta tiqqan holda, ustiga oq mato yopib suratga tushdi. Uyidagilar, xotini yotgan yeri kasalxonaning o'likxonasi ekan deb o'ylashlariga ishondi.

Keyin alohida SMS yubordi. Bu xabarda Gonsalez saraton va astmadan vafot etgani yozilgandi. Afsuski, «nomer»i o'tmadi. Xotini ham, Gonsalezning yaqin qarindoshlari ham ishonishmadi. Unga javoban ta'nalarga ko'mib tashlangan xabarlar jo'natishdi.

— Xotinim har hafta qo'ng'iroq qilib baqiradi, — dedi Gonsalez. — Telefon yuborishimni talab qildi. Birdaniga oltita telefon yubordim. Yana talab qilaverdi. Oldingilari qani deb so'rasam, o'g'irlatib qo'ydik deydi. Men har hafta u talab qilgan pullarni qaerdan topaman?.. Mana, «o'lib» ham qutulmadim u xotindan!..

Eslatib o'tamiz, Gondurasdan Amerikaga o'tib ishlaydiganlar juda ko'pchilikni tashkil etadi. Masalan, 2018 yilning birinchi choragida Amerikadan Gondurasga jo'natilgan pullar miqdori 1, 5 million dollardan oshib ketgan.

Mirror