Zidanning o'g'li faoliyatini «Yuventus» klubida davom ettirishi mumkin

0

Zidanning o'g'li, «Real» darvozaboni Luka Zidan Evropaning top-klubida faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Football Espana xabariga ko'ra, «Keksa sinora» 20 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolab, kelajakda uning otasi Zinedinni ham klubga jalb qilish imkoniyatiga ega bo'lishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq, Zinedin Zidan «Yuventus» klubida texnik direktor lavozimini egallashi haqida xabarlar tarqalgan edi.

tribuna.uz