Yaqindagina O'zbekistonga qaytgan Abdulaziz Karim kam ta'minlangan oilalarning farzandlari uchun kiyim-kechaklar yetkazib bermoqchi

0

Yaqindagina qidiruvdaligi olib tashlangan san'atkor Abdulaziz Karim ijtimoiy tarmoqlarda shunday xabar qoldirdi: «Mana sekin-asta kuz oylaridan keyin qish mavsumiga tayyorgarlik ham boshlanadi. Shuning uchun o'z e'lonimni sizlarga ma'lum qilmoqchiman. Kam ta'minlangan oilalarning farzandlari uchun qish mavsumiga oid kiyim-kechaklar kerak bo'lsa, mening shaxsiy elektron manzilimga murojaat qilishlari mumkin. Qo'limdan kelganicha ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarning bolajonlari uchun zaruriy kiyim-boshni yetkazib berishga harakat qilaman» — deb o'z so'zini yakunladi.