Buxgalteriya kasbini o'rgatamiz va ish bilan ta'minlaymiz!

0

14 sentyabrda o'z eshiklarini o'quvchilari uchun ochgan poytaxtimizdagi eng zamonaviy va ko'rkam «ABCO» buxgalteriya maktabi ochilish marosimini tantanali ravishda o'tkazdi.

Tadbirni Buxgalter va auditorlar milliy assotsiatsiyasida va O'zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasida tahsil berib kelayotgan, shuningdek, «NORMA» kompaniyasining yetakchi eksperti Zoya Ivanovna ochib berdi.

Ushbu Markazda buxgalteriya xizmatlarini ko'rsatish bilan birga buxgalteriya sohasida malakali kadrlarni tayyorlash ham yo'lga qo'yilgani alohida qayd etib o'tildi.

Quvonarlisi, o'quv markazining ochilish marosimida o'quvchilar va mehmonlarni zeriktirmaslik uchun turli tanlovlar ham tashkil etildiki, bunda g'olib ishtirokchilar «ABCO» markazi tomonidan joriy etilgan 100%, 50%, 25 foizli chegirma sertifikatlarga ega bo'lishdi.

Tadbirning yana bir e'tiborli jihati, markaz bitiruvchilarining tashrifi va ularning ayni damdagi ish faoliyatiga batafsil to'xtalinganidir. Ayniqsa, bitiruvchi-ishchilarning «ABCO» maktabidan olgan bilim va ko'nikmalari ish jarayonida katta tajriba hamda qo'llanma bo'layotgani ular tomonidan hayajon ila e'tirof etildi.

Ochilish marosimidan keyin «ABCO» o'quv markazi binosining shart-sharoitlari bilan ham tanishtirildi va mehmonlar uchun osh tarqatildi.

Xullas, tadbir tashrif buyurganlar uchun esda qolarli darajada tashkil etilgan, desak adashmaymiz.

Biroz shoshilmang, sizga yangiligimiz bor!

Eng muhimini hali aytmadik, «ABCO» Buxgalteriya maktabi boshqa kurslardan bo'lmagan imkoniyatni taqdim etadi, ya'ni iqtidorli bitiruvchilarini ish bilan ta'minlashni kafolatlaydi.

Demak, o'ylashga hojat yo'q! Darhol  71 200 84 85 raqamiga qo'ng'iroq qiling va “ABCO” bilan buxgalteriya sirlarini o'rganing!

 

Reklama huquqi asosida.